Coca-Cola Superliga 24-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” – “Neftchi” (1:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Uchrashuv teng kurashlar ostida o‘tdi. Lima o‘z vaziyatini golga aylantirganida natija biz uchun yaxshi bo‘lardi. Chempionlik uchun kurashayotgan ikki jamoa o‘zaro to‘qnash keldi. O‘ylashimcha, kurash hali davom etadi. Bugun futbolchilardagi toliqish o‘z so‘zini aytdi. Mezbonlar bizga qaraganda engilroq harakat qildi. Shu sababli, birinchi taymda ham, ikkinchisida ham himoyalanishga majbur bo‘ldik. Aslida bugungi rejamiz ham shunday edi. Ko‘proq himoyalanib, qarshi hujumlarga e’tibor qaratgan edik. Buni birinchi bo‘limda amalga oshirdik, ammo ikkinchisida charchoq kuzatildi.
Biz Superligani qurbon qilganimiz yo‘q. Natija ham biz uchun yomon bo‘lmadi. Taqvimimiz juda ham zich. Charchoq sababli, natijani birinchi o‘ringa qo‘yib, tejamkor o‘yinga intilyapmiz. Hozirgi holatimizda kuchli bosim, yuqori tempda harakat qila olmaymiz”, – dedi Berdiyev.