Coca-Cola Superliga 24-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” – “Andijon” (3:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Mezbonlarni g‘alaba bilan tabriklayman. Ularga g‘alaba kerakligi ayon edi. Raqib bor kuchini namoyish etdi va shu sababli ularni faqatgina muvaffaqiyat bilan qutlashim mumkin”, – dedi Xomyakov.