Coca-Cola Superliga 24-turidan o‘rin olgan OKMK – “Turon” (2:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Ikkala jamoa ham g‘alaba uchun harakat qildi, qiyinchiliklar bo‘ldi. “Turon” yaxshi harakat qildi. Shunga qaramay, muhim bo‘lgan 3 ochkoga ega chiqdik.
Jarohatlar sabab tarkib borasida muammolarimiz bor. Buni har safar ta’kidlashni istamagan bo‘lardim. Bunday ko‘p jarohatga ilk marta duch kelishimiz. Bu chempionatimiz kurashlarga boy o‘tayotganidan darak beradi. O‘ylaymanki, mazkur muammolardan yaxshi o‘tib olamiz.
Hozir kubok finali haqida biror narsa deya olmayman. Boisi, oldinda “Sepaxon”ga qarshi mehmondagi bahs kutib turibdi. Bor e’tibor ushbu bellashuvga qaratilgan”, – dedi Qosimov.