Yorqin Nazarov: Omadimiz kelmadi

Coca-Cola Superliga 24-turidan o‘rin olgan OKMK – “Turon” (2:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Yorqin Nazarov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bugungi bahsdagi maqsadimiz kuchli raqibga munosib qarshilik ko‘rsatish edi. Bugun vodiydan Olmaliqqa 4 soat yo‘l yurib keldik, ammo qiyinchiilklarga qaramay, futbolchilar yomon harakat qilishmadi. Birinchi bo‘limda bir emas, 2-3 ta to‘p kiritsak bo‘lar edi. Ammo, bu – futbol. Biz vaziyatlarimizdan foydalana olmadik, ular foydalanishdi.

Mezbonlar burchak zarbasini yaxshi ijro etishi haqida shogirdlarimga ta’kidlagan edim. Shunga qaramay, stantdart vaziyatdan so‘ng darvozamizdan to‘p olib chiqdik. Ligada qolish uchun nazariy imkoniyatlarimiz bor. So‘nggi turga qadar kurashamiz.

Musobaqa jadvalidagi o‘rnimizni yaxshilash uchun bizga g‘alaba zarur edi va shu sababli ilk daqiqalardan kuchli pressing amalga oshirdik, ammo omad bizdan yuz o‘girdi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb