Coca-Cola Superliga 23-turidan o‘rin olgan “Buxoro” – “Paxtakor” (0:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Maksim Shatskix o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“O‘yin to‘liq bizning nazoratimiz ostida o‘tdi. Birinchi bo‘limda etarlicha vaziyatlar yaratdik. Raqib jamoa yaxshi ximoyalandi. Ular bugungi o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgani bilindi. Biz raqibga o‘z jarima maydonimizda vaziyatlar yaratishga yo‘l qo‘ymadik. Oxirgi daqiqada qilgan hujumlarimiz samara berib, uch ochkoni qo‘lga kiritdik.
Yo‘q, hali chempionlik masalasi hal qilinmadi. Bu so‘nggi turlargacha davom etsa kerak”, – dedi Shatskix.