Coca-Cola Superliga 23-turidan o‘rin olgan “Buxoro” – “Paxtakor” (0:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Qiziqarli uchrashuv bo‘ldi, g‘alaba uchun kurashdik. Futbolchilarga e’tirozim yo‘q. Gol kiritishga intildik, ammo vaziyatlardan foydalanishda mahorat yetishmadi.
Albatta, imkoniyatimiz hali bor. Ammo futbolchilarimiz bu o‘yinda rosa mehnat qilishgandi. Bir hafta mobaynida ushbu uchrashuvga tayyorlanishgandi. Biroq oxirida bir epizod barcha rejalarimizni buzdi”, – dedi Baqoyev.