Aleksandr Krestinin: “Bunyodkor”ga barqarorlik yetishmayapti

Coca-Cola Superliga 23-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Neftchi” (2:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Juda qiyin o‘yin bo‘ldi. Bellashuv kurash va emotsiyalarga boy kechdi. “Neftchi” tajribali jamoa. Yaxshi murabbiy, yaxshi futbolchilar mavjud. Yigitlar mashg‘ulotlar orqali bu o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishdi.

Jamoani mavsum boshlanganida keyin qabul qilib oldim. 8 ta o‘zgarish qildik, yigitlarni mashg‘ulotlarda moslashish jarayoni oson kechmadi. Harakat qilishyapti, ammo natijalar hali barqaror emas. Lekin o‘yin sifati o‘zgaryapti. Rahbariyat mavsum boshida bo‘lganda vazifa qo‘yishi mumkin edi, mavsum o‘rtasida qabul qildik, maqsad har bir bahsda g‘alaba qozonish. Rahbariyat bilan bu borada gaplashib oldik. Albatta, zo‘r natija qilishni hamma xohlaydi. Biroq rahbariyat vaziyatni tushunib turibdi.

Har qanday futbolchi gol kiritishi muhim. U xoh yosh bo‘ladimi, boshqami. Sultonov zaxiradan qo‘shilib gol urayotgani birinchi marta emas. Umid yaxshi, sifatli o‘yinchi. To‘g‘ri, unda boshqalarga nisbatan tajriba kamroq. Chunki katta futbolga bo‘lgan qarashlarini endi shakllantirib bormoqda. Yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda.

Mavsum o‘rtasida hammasini joyiga qo‘yish qiyin, o‘zgarishlar qilyapmiz. Men oldin yomon demagan bo‘lardim. Avval ham ochko jamg‘arib kelgan jamoa. Biz boshqacha futbol qo‘rsatmoqchimiz. Hozir ushbu jarayondamiz, bu oddiy jarayon emas. Barqarorlik, o‘ziga bo‘lgan ishonch etishmayapti. Har bir mashg‘ulotlarda va shunday o‘yinlarda yigitlar mahoratlarini qo‘shib borishmoqda”, – dedi Krestinin.

mib
uzcard
cola
apex
bmb