Aleksandr Xomyakov: Omad biz tarafda bo‘lmadi

Coca-Cola Superliga 23-turidan o‘rin olgan “Andijon” – OKMK (0:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bugungi o‘yinimiz g‘alabaga mos emasdi. Shuningdek, mag‘lubiyatga ham uchramasligimiz kerak edi. Bu uchrashuvda bizda bosim bor edi. Agar g‘alaba qozonganimizda 5-o‘ringa chiqib olishimiz mumkin edi. Afsuski, ba’zi vaziyatlarda o‘yinni o‘z qo‘limizga ololmadik. Yana ayrim holatlarda asabiylashishga to‘g‘ri keldi.

Imkoniyatlar ko‘p bo‘lmadi. Qanotlardan to‘p oshirishlarda ham bir qator xatoliklarga yo‘l qo‘ydik. Armin bosh bilan zarba yo‘llaganida aniqlik yetishmadi. Alamlisi, maydon markazini boy berdik. Uchrashuvga tayyorgarlik jarayonida bu holatlarga e’tibor qaratgandik. Ammo maydonning boshqa chiziqlarida ham kamchiliklar bo‘ldi. Hozir biror fikr bildirish ham qiyin bo‘lyapti. Bunday holatlar bizga keyingi uchrashuvlarda dars bo‘ladi”, – dedi Xomyakov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb