Coca-Cola Superliga 23-turidan o‘rin olgan “Andijon” – OKMK (0:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Uchrashuv oson bo‘lgani yo‘q. “Andijon” asosan uzun uzatmalar va kurashga asoslangan o‘yin ko‘rsatadi. Biz bunga yaxshi tayyorlangan edik. “Navbahor” bilan ham, “Paxtakor” bilan bellashuvlarda ham mezbonlar himoyadan harakat qilishgan edi. Muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdik, ikkinchi bo‘limda g‘alabani saqlab qolishga intildik.
Jamoamizda o‘ziga yarasha muammolar mavjud. 10 ga yaqin futbolchilarimiz jarohatini davolatish bilan band. Futbol – jamoaviy sport turi va kontaktlar bo‘ladi. Jarohatlar uchrab turishi tabiiy. Bu ham bir sinov”, – dedi Qosimov.