Coca-Cola Superliga 23-turidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Metallurg” (2:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Vesko Steshevich o‘z fikrlarin bildirib o‘tdi.
“Jamoaga kelganimdan buyon bugun eng yomon o‘yinimizni o‘tkazdik. Uchrashuvni juda yomon boshladik va bellashuv davomida uni yaxshilashga intildik, ammo unchalik ham o‘xshamadi.
Shayqulovning yo‘qligi va O‘rinboyevning jarohat olib maydonni tark etgani ham ta’sir ko‘rsatdi. Albatta, jamoa bir futbolchiga tayanib qolmasligi kerak va bu bahona bo‘la olmaydi. Bugun futbolchilar o‘z darajalaridan past o‘ynashdi. “Nasaf” haqli g‘alabaga erishdi.
Zabihillo ertaga tibbiy tekshiruvdan o‘tadi. Umid qilamanki, uning jarohati jiddiy emas”, – dedi Steshevich.