Coca-Cola Superliga 23-turidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Metallurg” (2:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarin bildirib o‘tdi.
“Gollarni o‘z vaqtida kirita oldik. Bu bizga engillik berdi. “Metallurg” barcha bellashuvlarda 5 ta himoyachi bilan harakatlanadi va tezkor gol kiritmaganimizda bizga qiyin bo‘lardi. O‘yinni ham, hisobni ham nazorat qildik. Aslida bundan ko‘p gol kiritsak bo‘lardi, ammo, asosiysi g‘alabaga erishdik.
Taqvim tig‘iz, ammo vaziyatdan chiqishimiz lozim. Shu sababli rotatsiyaga qo‘l uryapmiz. Bu oson emas, ammo harakat qilish kerak.
Penalti bo‘yicha mashg‘ulotlarda o‘ziga xos musobaqa o‘ynab turamiz. Ko‘pincha esa men g‘olib bo‘laman. Shu sababli, bu borada muammolar borligi ko‘rinmoqda. Azizbek ham yaxshi foydalanar edi. Javohirda esa jarohat bor edi, Zafarmurodga ham ishonch bildirar edik. Ikkala bellashuvda ham tajribali futbolchilarga imkoniyat berdik. Bu jihatga e’tibor qilish lozim, muhim uchrashuvlar oldinda”, – dedi Berdiyev.