Ivan Boshkovich: Mavsumni yaxshi kayfiyatda tugatishga intilamiz

Coca-Cola Superliga 23-turidan o‘rin olgan “Turon” – “So‘g‘diyona” (1:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“So‘g‘diyona” bugun yomon harakat qilmadi. Vaziyatlarimizdan o‘z vaqtida foydalana olmadik. Birinchi bo‘limda “Turon” darvozamiz oldida aytarli xavfli vaziyat yaratmadi. Individual xatodan so‘ng penalti darvozamizga penalti belgilandi. Ammo mag‘lub bo‘lganda, xatoni kim qilganligini ahamiyati yo‘q. Uchta bellashuv qoldi va ligani yaxshi notada yakunlashga intilamiz. Bunga kuchimiz etadi. Har bir bahsda maksimal harakat qilish kerak.

Penalti bo‘lgan vaziyatni yaxshi ko‘rmadim. Ammo darvozabon o‘z jarima maydoni ichida tavakkal qilmasligi kerak.

Zaymovichda jarohat mavjud. Shu sababli u jamoamizga yordam bera olmay kelmoqda. Albatta, uning yo‘qligi sezilmoqda. Mashg‘ulotlarda kim yaxshi ishlasa, o‘sha maydonga tushmoqda” – dedi Boshkovich.

mib
uzcard
cola
apex
bmb