Jamshid Saidov: Son jihatdagi ustunlikdan foydalana olmadik

Coca-Cola Superliga 23-turidan o‘rin olgan “Olimpik” – “Qizilqum” (0:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Afsuski, yomon harakat qildik. Bir yarim taym maydonda son jihatdan ustun bo‘lib, imkoniyatdan foydalana olmadik. Mezbonlar juda yaxshi himoyalanishdi va biz himoyani yorib o‘tolmadik. Tarkiblar tenglashgach, biroz vahima boshlandi. So‘ngi uchrashuvlarda ko‘rsatgan o‘yinimizni namoyish qila olmadik.

Balki, raqib bir kishi kam bo‘lib qolganida ularni mensimaslik sodir bo‘ldimi, bu holatni ko‘rib chiqamiz. Markazda to‘p tepgan Ifeanyi hamda Rahmatovning harakatlaridan ko‘nglim to‘lmadi. Ayniqsa, Murodbek kirishib keta olmadi. Uning salomatligida muammolar bor va shu sababli zaxiraga oldim. Bizda ham, “Olimpik”da ham hali uchrashuvlari bor. Superligada qolish uchun oxirigacha harakat qilamiz”, – dedi Saidov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb