Coca-Cola Superliga 22-turida o‘z maydonida “Andijon”ga mag‘lub bo‘lgan “So‘g‘diyona” klubi bosh murabbiyi Ivan Boshkovich mag‘lubiyat sabablari haqida fikr bildirdi.
“O‘yin sifati ancha past. Bunday daraja, bunday o‘yin bilan g‘alaba haqida o‘ynash qiyin”, - dedi Boshkovich.
“Vaziyatlar yaratishdi. Harakat qilishdi. Ammo, golga tortadigan faqat bitta vaziyat yaratdik. Bu o‘yin, bu daraja bilan bunday raqiblarga qarshi qiynalishimiz aniq. Qaytaraman, sifat borasida muammolarimiz yetarli. Bugungi mag‘lubiyat sababi shu. Raqibni esa g‘alaba bilan tabriklayman”.