Coca-Cola Superliga 22-turidan o‘rin olgan “Olimpik” – “Bunyodkor” (1:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Bunyodkor”ni yaxshi o‘rganib chiqdik. Birinchi bo‘limda futbolchilar yaxshi harakat qilishdi. Bunda qizil kartochka qo‘l keldi, deyish mumkin. Afsuski, vaziyatlarimizni golga aylantira olmadik. “Qaldirg‘ochlar” esa 10 kishi bo‘lib ham iroda ko‘rsatishdi. Bugun g‘alabani qo‘ldan chiqardik, yigitlar yoshlik qilishdi. 1:0 qaltis hisob sanaladi. Vaziyatni bu darajagacha olib kelmasligimiz kerak edi. Ammo, bu futbol va u shunisi bilan qiziq.
Charchoq alomatlari bor, biroq futbolchilar yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. Imkoniyatlarni golga aylantirganimizda, vaziyat boshqacha bo‘lar edi. Barchasi o‘z qo‘limizda edi.
Faqatgina FIFA kunlarida yig‘in o‘tkazyapmiz. To‘g‘ri, Osiyo o‘yinlari bundan mustasno bo‘ldi. Ammo ushbu turnirda yaxshi tajriba oldik. Noyabrda foydalanmaymiz. Assotsiatsiya hamda Liga bilan kelishgan holda tayyorgarlik rejasini tuzib chiqamiz” – dedi Kapadze.