Coca-Cola Superliga 22-turidan o‘rin olgan “Metallurg” – “Buxoro” (0:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Jamoamizning turnir jadvalida egallab turgan o‘rnidan kelib chiqqan holda bugungi uchrashuvga ijobiy natijani ko‘zlagan holda kelgan edik. Dastlabki daqiqalarda yaxshi imkoniyatlarimiz bo‘ldi. Ayniqsa, raqib bir kishi kam bo‘lib qolganidan so‘ng tashabbusni qo‘lga oldik. Chetlatish bizga pand berdi. Natijada, o‘yin tizgini “Metallurg”ga berib qo‘ydik.
Ikkinchi taymda esa ustunlik to‘liq bekobodliklarda bo‘ldi. Durang natija bizni to‘la qanoatlantiradi deb ayta olmayman. Ammo, ochko kerak paytda safarda erishilgan durang bizga juda ham zarur edi. Imkoniyatlar etardi. O‘z mavqeimizni yaxshilashga intilamiz”, – dedi Baqoyev.