Mirjalol Qosimov: Bugun omad kulib boqdi

Coca-Cola Superliga 22-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” – OKMK (1:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Teng kurashlara boy uchrashuv bo‘ldi. Omad bizga kulib boqdi. Birinchi bo‘limda o‘yinimiz chiqmadi va tanaffusga imkoniyatni boy bergan holda chiqdik. Ikkinchi taymda futbolchilar o‘zlarida kuch topa bilishdi. Oson bo‘lmadi, kurashlar ko‘p bo‘ldi.

Tarkibda muammolar bor. Shamollagan jamoamizda futbolchilar bor. Lekin bu ham sinov, buni ham bartaraf etamiz”, – dedi Qosimov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb