Coca-Cola Superliga 21-turida mehmonda “Andijon”ga mag‘lub bo‘lgan “Paxtakor” klubi bosh murabbiyi Maksim Shatskix mag‘lubiyat sabablari haqida o‘z fikrini bildirdi.
“Gol urmasak g‘alaba qozonish haqida o‘ylamasak ham bo‘ladi. Mag‘lubiyatga boshqa sabab yo‘q”, - dedi Shatskix.
“Andijon” haqida qanday tasavvurga ega bo‘lsak, shunday o‘ynashdi. Yaxshi o‘yin uslubiga ega va shiddatli jamoa. Bunday jamoaga qarshi bunday stadionda, bunday muxlislar qarshisida o‘ynash qiyin. Qani endi, barcha stadionlarimizda bugungidek atmosfera bo‘lsa. Afsuski, barchasida bunday emas”.
“Quvvatov charchab qolgani uchun bugun Pavlyuchenkoga imkon berdik. Ammo, biz ko‘p gol o‘tkazib yubordik. Bu uning aybi emas. U jamoani qutqarib qolgan o‘yinlar yetarli”.