Ro‘ziqul Berdiyev: Bugun “Neftchi”dan ham jismonan, ham taktik jihatdan ustun edik

Coca-Cola Superliga 21-turidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Neftchi” (2:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Neftchi” bugungi kunda O‘zbekistondagi eng tartibli himoyalanadigan jamoa sanaladi. Shunga qaramasdan, raqib darvozasiga yo‘l topa oldik. Standart vaziyatlarga e’tibor qaratgan edik. Bugun g‘alabaga shu narsa omil bo‘ldi.

“Neftchi”da bizga qarshi uchrashuvga qadar 12 kun tayyorgarlik uchun vaqt bor edi va o‘yindan oldin bu borada bizda havotir bor edi. Sabib biz 5 kun oldin yana bir og‘ir bahsda ishtirok etgan edik. Ammo, ham jismoniy, ham taktik jihatdan raqibdan ustun edik.

“Nasaf”dagi ko‘plab futbolchilar terma jamoadan taklif olishga munosib. Biz ham ba’zan terma jamoamiz o‘ynaydigan sxemada harakat qilamiz. Amonov hozir yaxshi formada. U maydonda katta hajmdagi ishni amalga oshirmoqda. O‘ylaymanki, terma jamoaga munosib.

Chempionlik? Har bir bahsga g‘alaba uchun chiqaylik. Ba’zan bitta g‘alaba qozonganimizdan so‘ng chempionlik haqida gapiramiz. Yaxshisi, har bir bellashuvga 3 ochko uchun tushish lozim. Shunda chempionlik ham o‘z o‘zidan bo‘ladi”, – dedi Berdiyev.

mib
uzcard
cola
apex
bmb