Aleksandr Krestinin: Tarkib borasida muammolar bor edi

Coca-Cola Superliga 21-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Qizilqum” (2:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Uchrashuv oson o‘tmadi. O‘yin oldidan tarkib masalasida muammolar bor edi. Futbolchilarga xarakter uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. To‘g‘ri, xatolar uchrab turibdi. Bu borada ish olib boryapmiz.

Umid Sultonov o‘yinga yaxshi kirishib ketdi. U mashg‘ulotlarda yaxshi shug‘ullanmoqda.

Marchich mashg‘ulotlarga hali kirishmadi. Umid qilamanki, 21 oktyabrga qadar safga qaytadi.

Sultonovda jarohat yo‘q. Murabbiylar shtabining qaroriga ko‘ra so‘nggi ikki bellashuvda Karimov darvozada turdi. Kelgusi bahsda kim turishini hali bilmayman. Bu raqobatga bog‘liq. Suhrob mashg‘ulotlarda yaxshi harakat qilmoqda. U ham, Sarvar ham xato qiladi. Faqatgina mening rafiqam xato qilmasligi mumkin, chunki u futbol o‘ynamaydi. Barchada imkoniyat bir xil”, – dedi Krestinin.

mib
uzcard
cola
apex
bmb