Vesko Steshevich: Birinchi taymda deyarli o‘ynamadik

Coca-Cola Superliga 21-turida mehmonda “Turon” bilan durang o‘ynagan “Metallurg” klubi bosh murabbiyi Vesko Steshevich birinchi taymdagi nursiz o‘yin, ikkinchi taymdagi o‘zgarishlar, so‘nggi turlardagi ochkolar va Yosovich haqida fikr bildirdi.

“Bugun turli xil taymlar guvohi bo‘ldik. Birinchi taymda jamoam umuman o‘ynamadi. Dastlabki taymda “Turon” bizni har jabhada enga oldi. Ularning darvozamizni ishg‘ol etishlariga shubha qolmagandi va bu vaqt masalasi edi. Bunday o‘yinlar ham bo‘ladi. To‘p uchun kurashda va yakkakurashlarda yutqazdik. Deyarli o‘ynamadik. Birinchi bo‘limdagi o‘yinimizni aynan shunday atash mumkin. Buning sabablarini tahlil qilib ko‘ramiz”, - dedi Steshevich.

“Tanaffusda yigitlar bilan gaplashib oldik. Ikkinchi taymga boshqacha kayfiyatda tushdik va vaziyatni o‘ngladik. Buning uchun yigitlarga rahmat aytaman”.

“Bizni quvontirayotgan jihat shundaki, so‘nggi to‘rt o‘yinda 10 ochko oldik. Bu esa ajoyib natija. Bugun, yutishimiz ham, mag‘lub bo‘lishimiz ham mumkin edi. Birinchi taymda Ortiqov bitta vaziyatda bizni xatto goldan qutqarib qoldi. Shu bois, durang balki adolatli natija bo‘lgandir”.

“Yosovich hozirda kichik jarohatini davolatmoqda. Qisqa tanaffusdan keyin mashg‘ulotlarga qaytishi mumkin”.

mib
uzcard
cola
apex
bmb