Pro liga 20-turidan olgan Qo‘qon-1912 — Dinamo uchrashuvining ahamiyati ancha yuqori. Lokomotiv Superliga yo‘llanmasini o‘tgan turda qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ikkinchi yo‘llanma aynan Qo‘qon va Samarqand jamoalari o‘rtasidagi kurash g‘olibiga nasib qilishi katta ehtimol.
Shundan kelib chiqqan holda, Pro liganing markaziy o‘yinida VAR tizimidan foydalanish rejalashtirildi. Bu borada UzReport telekanali ham rejani qo‘llab-quvvatlagan holda, uchrashuvni tasvirga tushirish masalasida yordam berishga qaror qildi.
9-oktyabr kungi bellashuv Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tadi. Ayni vaqtda VAR to‘laqonli ishlay olishi uchun texnik tomondan tayyorgarlik ishlari ketmoqda.