2-oktabr kuni Qarshi shahriga Chempionlar ligasi bellashuvlari qaytadi. Shu kuni Nasaf o‘z maydonida Qatarning As-Sadd jamoasini qabul qiladi. Shuningdek, 12-noyabr kuni Markaziy O‘zbekiston kubogining final uchrashuviga mezbonlik qiladi.
Mazkur musobaqalarga tayyorgarlik doirasida Markaziy stadion projektorlarini yaxshilash ishlari olib borildi. Yakuniga yetgan hafta projektor lyukslarini talab etilgan ko‘rsatkichga yetkazish yo‘lidagi so‘nggi ishlar amalga oshirildi va Liga mutaxassislari o‘rganishlar natijasida o‘z xulosasini taqdim etdi. Endilikda Markaziy stadionida projektorlar 2 000 lyuks yorug‘lik taqdim etishni boshladi.
Ma’lumot uchun, 6-oktyabr kuni Liga ishchi-guruhi O‘zbekiston kubogining final uchrashuviga tayyorgarlik doirasida Qarshida bo‘ladi.