Jamshid Saidov: Kurash hali davom etadi

Coca-Cola Superliga 20-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” – “So‘g‘diyona” (4:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Gollarga boy, tomoshabop uchrashuv guvohi bo‘ldik. G‘alaba qozonganimizdan xursandman, ammo hali hech narsa hal bo‘lmadi. Kurash davom etadi. Oldinda qiyin bellashuvlar kutib turibdi.

Mannonovda kichik jarohat mavjud edi. Shu sababli tavakkal qilishni istamadim. O‘yinlar qiyin o‘tmoqda va jarohatlar ham uchrab turibdi. Umuman olganda bugungi natijadan qoniqdim”, – dedi Saidov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb