Birinchi liganing 5 ta jamoasida umumiy ish faoliyati o‘rganildi

23-sentyabr kuni Liga o‘z Ustavi asosida Birinchi liga qatnashchilarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini o‘rganishi yuzasidan axborot taqdim etilgandi. Shu asosda jamoalar “Birinchi liga reglamenti”ning 6-bobida qayd etilgan Birinchilik kubogiga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan. 

Biroq reglamentning 5-bobi asosida o‘tkazilgan musobaqa yakuniga etguniga qadar Yangiyo‘l hamda Nurafshon jamoalari qatnashchilar safidan chiqishga ulgurdi. Shuningdek, moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini belgilangan tartibda yuritmayotgan Birinchi liga jamoalari mavjud ekani yuzasidan Ligada ma’lumotlar to‘plangan. Shundan kelib chiqib, taqvim bo‘yicha 7-8 oktyabr kunlari start olishi lozim bo‘lgan Birinchilik kubogi musobaqasining sanasi, musobaqa ishtirokchilari tarkibi va o‘z-o‘zidan uning formatida o‘zgarishlar bo‘lishi katta ehtimol. Liga Birinchi liganing barcha jamoalarini monitoringdan o‘tkazgach, uning xulosalarini O‘FA bilan muhokama qiladi hamda bu borada yakuniy qarorga keladi. Shu asosda o‘zgarishlar yuzasidan batafsil ma’lumot taqdim etiladi. 

Liga mutaxassislari hozirga qadar Yangiyer, Jizzax, Zomin, Shahrixonchi, Sementchi, Qumqo‘rg‘on-1977 kabi jamoalar faoliyati bilan tanishib chiqdi. Endilikda Toshkent, Nukus hamda Angren jamoalarida o‘rganish ishlari amalga oshiriladi hamda yakuniy xulosalar O‘FA bilan muhokama qilinadi. Batafsil ma’lumot alohida e’lon qilinadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb