Aleksandr Krestinin: Yagona epizodni mehmonlar golga aylantirishdi

Coca-Cola Superliga 20-turida o‘z maydonida “Surxon”ga mag‘lub bo‘lgan “Bunyodkor” klubi bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin mag‘lubiyat sabablari haqida fikr bildirdi.

“Bugun yagona epizodni mehmonlar golga aylantirishdi. Biz o‘z imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. Ular esa o‘z imkoniyatini golga aylantira olishdi. O‘yinda ustunlik qilgandik. Vaziyatlar bizda ko‘proq bo‘ldi. Ammo, bu futbol va bunaqasi bo‘lib turadi”, - dedi Krestinin.

“Bugun bizga biroz omad etishmadi. “Nasaf”ga qarshi o‘yindan keyin tiklanishga ulgurgandik. Bugun jismonan charchadik demagan bo‘lardim. Jismoniy holatimizdan ko‘nglim to‘q. Marchichning o‘rni bilingan bo‘lishi mumkin. Nafaqat uning, balki bugun maydonga tushmagan boshqa futbolchilarning ham o‘rni bilindi. Bizga hozir stabillik etishmayapti. Yigitlarning harakatlariga hech qanday e’tiroz yo‘q”.

“Ismonaliyev – hujumchi. Himoyachi sifatida majburlikdan o‘ynagan. Uning o‘zi menga hujumchiman degan”.

mib
uzcard
cola
apex
bmb