Sergey Arslonov: Bu mavsum davomida hali birorta oson g‘alaba qo‘lga kiritilmadi

Coca-Cola Superliga 20-turida mehmonda “Bunyodkor”ni mag‘lub etgan “Surxon” klubi bosh murabbiyi Sergey Arslonov g‘alaba haqida fikr bildirdi.

“Yigitlar ajoyib harakter namoyish eta olishdi. Bugungi g‘alaba ularning g‘alabasi. Raqib juda kuchli va darajasi yuqori jamoa. “Qizilqum”ga qarshi o‘yindagi salbiy natijadan so‘ng bugun yutishimiz kerak edi. Buni uddaladik. Hozir har bir ochko muhim. Muxlislarimiz har bir o‘yinda bizni qo‘llab-quvvatlab kelishmoqda. G‘alabada ularning hissasi beqiyos”, - dedi Arslanov.

“Raqib tanlamaymiz. Har bir raqibga munosib tayyorlanamiz. Chempionatda oddiy raqib qolmadi. Jamoalarning darajasi ancha o‘sdi. Istalgan raqib istalgan jamoani yutishi mumkin. Top klub degan jumla hozir yo‘q. Bugun g‘alaba uchun o‘ynadik. Qisqa tanaffusga yaxshi kayfiyatda chiqib ketmoqdamiz”.

“Raqib o‘yini haqida fikr bildirish noqulay. Bu haqda ularning murabbiyi fikr bildirsa maqsadga muvofiq bo‘lardi. Aytishim kerakki, kuchli va istalgan raqibga munosib qarshilik qila oladi. Ular kuchli jamoalarga qarshi bahslarda so‘nggi daqiqalarda o‘yinni olib chiqib keta olishgan. Bu ularning saviyasini ko‘rsatib turibdi. “Bunyodkor” bugun ham buni isbotladi. Shunchaki, omad biz tomonda bo‘ldi deyish mumkin”.

“Chempionat darajasi ancha kuchaygani fakt. Bu mavsum hali birorta o‘yinda oson g‘alaba qozonmadik. Barcha o‘yinlar bizni ter to‘kishga majbur qilayapti”.

mib
uzcard
cola
apex
bmb