Mirjalol Qosimov: Haqli tarzda durang o‘ynadik

Coca-Cola Superliga 20-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” – OKMK (2:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarin bildirib o‘tdi.

“Qiziqarli, ochiq uchrashuv guvohi bo‘ldik. Ikkala jamoa ham g‘alaba uchun maydonga chiqqan edi. Tanaffusga 2:1 hisobida chiqdik. Undan keyin ham Sanchesda yaxshi vaziyatlar bo‘ldi. Haqli ravishda durang o‘ynadik, deb hisoblayman.

O‘tgan tur “Metallurg” darvozamizga yo‘llagan 5 zarbasidan to‘rttasi gol bo‘ldi. Biz esa 20 ga yaqin zarba berdik. Futbolda bunaqasi ham uchrab turadi.

Uch kundan so‘ng yana maydonga tushamiz. OFK Chempionlar ligasidagi safardan so‘ng “Metallurg” bilan oxirigacha kurashdik. Men ko‘p rotatsiya qilaman. Bugun kelgusi uchrashuvni ham o‘ylab harakat qildik”, – dedi Qosimov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb