Server Jeparov: Bu mavsum qiyinroq kechyapti

Coca-Cola Superliga 20-turida o‘z uyida “Nasaf"dan mag‘lub bo‘lgan “Olimpik” klubi murabbiyi Server Jeparov o‘yin haqida fikr bildirdi.

“O‘yinni ancha yomon boshladik. O‘tkazib yuborilgan tezkor gol yigitlarga ruhiy zarba bo‘ldi. O‘yin davomida bu sezildi. Futbolchilar o‘zlariga kelishlari uchun ancha vaqt ketdi. Ikkinchi taym birinchisiga qaraganda qiziqarliroq kechdi. O‘zimizni qo‘lga oldik, hatto hisobni tenglashtirishga ham yaqin kelgandik. Mamasidiqovning zarbasi golga aylanganda, barchasi boshqacha kechardi. Raqibni g‘alaba bilan tabriklayman. “Nasaf” ancha kuchli jamoa ”, - dedi Jeparov.

“Olimpik”ni jamoalar ancha o‘rganishgani rost. Bu yil, bizga qiyinroq bo‘layapti. Tarkibda ancha o‘zgarishlar bo‘ldi. Bir necha nafar futbolchilar ketdi. Yangi kelib qo‘shilganlarga adaptatsiyaga vaqt kerak. Jamoamizning asosiy o‘zagidan 10 nafari Osiyo o‘yinlarida. Shunga qaramay, qolgan o‘yinchilar bilan jamoani shakllantirishga va chempionatda munosib o‘ynashga harakat qilayapmiz”.

“Hozirgi tarkibga kuchli jamoalarga qarshi o‘yinlarda tajriba etishmayapti. Bugungi bahsda raqibga jiddiy qarshilik ko‘rsatdik. Mag‘lub bo‘lgan bo‘lsakda, bugun jismonan raqibga yutqazmadik. Bu holatdan ko‘nglim to‘q. Xatolar esa futbolchilarni yanada kuchli qiladi”.

“Temur Mamasidiqov qattiq harakat qilayapti. O‘ylaymanki, o‘z ustida ishlasa, albatta undan ajoyib futbolchi chiqadi”

mib
uzcard
cola
apex
bmb