Ro‘ziqul Berdiyev: Zamonaviy futbolda standart vaziyatlar muhim ahamiyat kasb etmoqda

Coca-Cola Superliga 20-turidan o‘rin olgan “Olimpik” – “Nasaf” (1:3) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarin bildirib o‘tdi.

“Ochiq o‘yin guvohi bo‘ldik. “Olimpik” tarkibida ko‘plab yo‘qotishlar bo‘lishiga qaramay, hujumga ko‘proq e’tibor qilishini bilar edik. Ikkala jamoa ham ochiq harakat qilgani uchun vaziyatlar nisbatan ko‘p bo‘ldi. Ushbu vaziyatlarni golga aylantirganimiz, g‘alabamiz omili bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limni bo‘sh boshladik va darvozamizdan to‘p olib chiqdik. “Olimpik” hujumni kuchaytirgani uchun biz himoyada jisplashishimiz zarur edi. Shuning uchun 5 himoyachi bilan o‘ynashga o‘tdik. Aslida bu sxema rejamizda mavjud edi.

Zamonaviy futbolda standartlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Boisi, hozirgi kunda ko‘proq himoyaviy o‘yin tendentsiyasi shakllanib bormoqda. Shu sababli standart vaziyatlar va individual harakatlar juda muhim. Aliqulov va Davronov havodagi kurashlarda yaxshi harakat qilardi. Ularning yo‘qligi biz uchun katta yo‘qotish. Biroq imkon qadar boshqa variantlarni izlashga intilamiz. Ba’zan 5 himoyachidan iborat himoyaviy futbol ko‘rsatishimiz ham zarur bo‘ladi. OFK Chempionlar ligasi bahslarida ayniqsa. “Al Faysali” bilan uchrashuvda ham biz 3 markaziy himoyachi bilan harakat qilgan edik. Nasrullayev AQSh safaridan so‘ng hujumga o‘tib, ortga qaytishga qiynaldi. Orqadagi uch himoyachi Nasrullayevning ham, Abdirahmatovning ham erkin tarzda oldinga o‘tishini ta’minladi.

Terma jamoalarga ko‘plab futbolchilar jalb etilishidan klublar jabr ko‘radi. Ayniqsa, uzoq safarlar bo‘lsa, jismoniy holati juda ham yomon tarzda qaytishadi. Ammo, biz terma jamoa murabbiylari bilan maslahatlashgan holda, ikkala tomon uchun ham maqbul variant izlab, vaziyatdan chiqishga intilyapmiz”, – dedi Berdiyev.

mib
uzcard
cola
apex
bmb