Tartib-intizom qo‘mitasi “Navbahor lochinlari” vitse-prezidenti xatti-harakatini ko‘rib chiqadi

“Navbahor lochinlari” futbol klubi vitse-prezidenti Otabek Samatov Coca-Сola Superliga 19-turidan joy olgan “Andijon”ga qarshi uchrashuv yakunida nomaqbul xatti-harakatlarni amalga oshirgan. Liga komissarining bildigisi asosida uning ishi O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasiga oshiriladi. 

Andijondagi “Bobur arena” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunida mehmonlar vitse-prezidenti Liga komissarining ogohlantirishiga qaramay, uchrashuv rasmiylari ko‘z o‘ngida noto‘g‘ri xatti-harakatlarni amalga oshirgan. Shundan kelib chiqib, bugun bo‘lib o‘tadigan “Navbahor” — “Turon” o‘yini vaqtida Otabek Samatov texnik zonaga kiritilmaydi. 

Ma’lumot uchun, Otabek Samatovga nisbatan O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasining 2023-yil 21-iyuldagi qarori asosida uchrashuv rasmiylariga nisbatan haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun jarima intizom chorasi qo‘llanilgandi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb