Coca-Cola Superliga 20-turidan o‘rin olgan “Metallurg” – “Andijon” (2:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Vesko Steshevich o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Kerakli g‘alabaga erishdik. Birinchi bo‘limda yomon o‘ynamadik. Goldan oldin ham vaziyatlar bo‘ldi. Ikkinchi taymda esa farqni ikkitaga oshirdik. Ammo, hisob 1:0 bo‘lgan vaqtda raqibda yuz foizlik vaziyat bo‘ldi. O‘sha vaziyat gol bilan tugaganida, bellashuv boshqacha kechishi mumkin edi.
Bir necha kun oldin derbida maydonga tushgan edik. O‘sha bellashuvda ko‘p kuch sarflagan edik. Shu sababli ikkinchi taymda u qadar yaxshi o‘ynay olmadik. Ammo, muhimi 3 ochkoni qo‘lga kiritdik.