Coca-Cola Superliga 20-turidan o‘rin olgan “Metallurg” – “Andijon” (2:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Metallurg” haqli tarzda g‘alabaga erishdi. O‘yinga qaytishimiz uchun vaziyatlar bo‘ldi. Afsuski, Hebay va Erkinov foydalana olmadi.
Tiklanib olishga ulgurmadik, e’tiborni yo‘qotdik va zarurati bo‘lmagan ikkinchi to‘pni olib chiqdik. Raqibimiz esa o‘z imkoniyatlardan unumli foydalandi. Shunday ekan, “Metallurg”ni haqqoniy g‘alabasi bilan tabriklayman”, – dedi Xomyakov.