Aleksandr Krestinin: Liga darajasi men uchun syurpriz emas

 Coca-Cola Superliga 19-turida safarda “Nasaf”ni mag‘lub etgan “Bunyodkor” klubi bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin g‘alaba haqida fikr bildirdi.

“Ushbu yutuq bilan jamoa muxlislarini tabriklayman. Qiyin o‘yinda g‘alaba qozondik. Bugun biz raqibga qaraganda omadliroq chiqdik. “Nasaf” juda tajribali va darajasi yuqori futbolchilarga ega. Mehmonda bunday raqibni yutish oson emas. Futbolchilarga ham rahmat deyman. Bugun shogirdlarim maksimum kuchini ko‘rsatishdi”, - dedi Krestinin.

“Har bir konkret o‘yinda tayyorgarligi yuqori futbolchi maydonga tushadi. Bugungi tarkibni shunga qarab tanladik”.

“Chempionat darajasi men uchun syurpriz emas albatta. Nafaqat chempionat, balki milliy terma jamoa o‘yinlarini ham kuzatib boraman. O‘zbekistonda liga darajasi juda yuqori”.

“Hozirgi texnologiya davrida raqiblar haqida axborot to‘plash qiyin emas. Raqib haqida video va boshqa materiallarimiz etarli. Raqiblarni tahlil qilish uchun shulardan foydalanamiz”.

mib
uzcard
cola
apex
bmb