Coca-Cola Superliga 19-turida safarda “So‘g‘diyona” bilan durang o‘ynagan “Paxtakor” klubi bosh murabbiyi Maksim Shatskix o‘yin haqida fikr bildirdi.
“O‘yinda etarlicha ustunlikka ega bo‘ldik, ammo g‘alaba qozona olmadik. Raqibda atigi ikkita hujum bo‘ldi. Shulardan bittasi esa gol. Himoyada bunday xatolar qilmaslik kerak”, - dedi Shatskix.
“Raqibning ko‘plab qarshi hujumlarini qo‘yib yubordik. Hisobni o‘yin oxirida tenglashtira oldik. Masalani avvalroq hal etish uchun imkonimiz bor edi”.