Coca-Cola Superliga 19-turida safarda OKMKni mag‘lub etgan “Metallurg” klubi bosh murabbiyi g‘alaba siri, taktika, motivatsiya va Abdumannonov haqida fikr bildirdi.
“Munosib va yaxshi o‘yin uchun raqibga minnatdorchilik bildiraman. Ularda o‘xshamadi, bizda esa o‘xshadi. OKMK muxlislariga o‘yin manzur kelmagani aniq, ammo, neytral muxlislar uchun qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Bizga bu g‘alaba juda kerak edi. Raqib o‘yinini tahlil qilib chiqdik, ularning kuchli tomonlarini o‘rgandik va bugun ularni to‘xtata oldik”, - dedi Steshevich.
“Birinchi taymda chiroyli gollar kiritdik. Ikkinchi taymga ham shunday kayfiyatda chiqqan edik. O‘yin davomida raqibning ko‘plab zarbalarini blok qildik. Ko‘plab hujumlarni to‘xtatdik. Ikki gol farqini ushlab qoldik”.
“OKMK va “Metallurg” – qanday derbi ekanini barchamiz bilamiz. Bunday derbilardan futbol faqat yutadi”.
“Abdumannonov ayni damda jamoamiz yoshlari safida shug‘ullanmoqda. Nima uchun? Bu jamoamizning ichki siri”.