Samvel Babayan: Xatolar futbolning ajralmas qismidir

Coca-Cola Superliga 19-turida safarda “Andijon”ga mag‘lub bo‘lgan “Navbahor” klubi bosh murabbiyi Samvel Babayan mag‘lubiyat sabablari, jamoadagi yo‘qotishlar, charchoq, Yusupovning jarohati va rejalar haqida gapirdi.

“O‘yin derbi nomiga monand qiziqarli tarzda kechdi. Yakunda esa xatolar tufayli mag‘lub bo‘ldik. Jamoadagi charchoq baribir o‘z ta’sirini ko‘rsatayapti. Qolaversa, chap chanot himoyachimiz va hujumchi Temurxo‘ja Abduholiqovning yo‘qligi ham bilindi, deyish mumkin”, - dedi Babayan.

“So‘nggi o‘yinlardagi charchoq va yuklamalarga qaramay jamoam oxirigacha kurashdi. Bu faktor xursand qilmoqda. Ammo, baribir xatolar qilayapmiz va mag‘lub bo‘layapmiz. Golda ham biroz diqqatimizni yo‘qotdik. Aytayapmanku, charchoq baribir ta’sir qilayapti. Bu futbol. Xatolar esa futbolning ajralmas qismidir.”.

“O‘tkir Yusupov jarohat olgan vaziyatda biroz noqulay yiqildi. Bu mushaklari bilan bog‘liq vaziyat bo‘lsa kerak. Ushbu vaziyatda u o‘zini almashtirishni so‘raydi deb o‘ylagan edim. Ammo, u o‘yinni davom ettirishni istadi. Yaxshi hamki jiddiy bo‘lib chiqmadi. Balki, o‘tkazib yuborilgan gol shu jarohat tufayli bo‘lgandir”.

“Navbahor” har qanday holatda oxirigacha kurashadi. Buni aytishim shart. Biz harakat qilayapmiz. OChLdagi bahsda ruhan va jismonan charchadik. Bu faktor albatta bilinadi. Ammo, yigitlarga hech qanday e’tirozim yo‘q. Ular kurashishayapti. Bugun motivatsiya bor edi. G‘alaba qozonish uchun astoydil harakat qildik. Shunchaki, vaziyatlarni golga aylantira olmadik”.

“Agar ko‘rgan bo‘lsangiz durang hisob bo‘lib turgan vaziyatda ham hujumga bordik. Futbolchilarning jang qilishlari yoqdi. Bu borada e’tiroz yo‘q. Jamoam har qanday holatda kurashni davom ettiradi”.

mib
uzcard
cola
apex
bmb