Coca-Cola Superliga 19-turidan o‘rin olgan OKMK – “Metallurg” uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Uchrashuv avvalida standart vaziyatdan o‘tkazib yuborgan ikki to‘pimiz qiyinchilik tug‘dirdi. Shunga qaramasdan, birinchi bo‘limda hisobni qisqartirdik. To‘p darvozaga kirishni istamasa, kirmas ekan. Futbol shunisi bilan ham qiziq. Ikkinchi taymda Boakyeda ham qulay imkoniyat bo‘ldi. Qarshi hujumda esa “Metallurg” o‘z imkoniyatlarini golga aylantirdi. Hisob 1:3 ko‘rinishiga kelgach ham, qo‘l siltamasdan, oxirigacha kurashdik.
So‘nggi ikki yildan buyon bekobodliklarni mag‘lub qila olmayapmiz. Muxlislar bizdan g‘alaba kutishgan edi. Ulardan uzr so‘rayman. Kelgusi bahsda ularni xursand qilishga intilamiz.
Keyingi uchrashuvimiz OChL doirasida bo‘ladi. Ushbu bellashuvda tarkibda rotatsiya qilamiz.
Har bir futbolchining jamoada o‘z o‘rni bor, ammo bir futbolchiga tayanib qolmaymiz. Albatta, Abdullaevning ham o‘z o‘rni mavjud edi. Uning kelgusi faoliyatiga omad va tilayman” – dedi Qosimov.