Sergey Arslonov: Har bir ochko muhimligini bilamiz

Coca-Cola Superliga 19-turida o‘z maydonida“Qizilqum”ga mag‘lub bo‘lgan “Surxon” klubi bosh murabbiyi Sergey Arslonov mag‘lubiyat sabablari haqida gapirdi.

“O‘yinlar orasida qisqacha tanaffus yuzaga kelgani uchun biroz o‘yinda muammolar yuzaga keldi deyish mumkin. Himoyada ko‘plab xatolar qildik. O‘rta blokda ayniqsa o‘yinimiz qovushmadi. “Qizilqum”ni g‘alaba bilan tabriklayman. Bugungi o‘yin uchun shogirdlarimga e’tirozim yo‘q. Xatoni biz, murabbiylar shtabi qildik, deya olaman. Xatolarni ko‘rib chiqib tahlil qilamiz”, - dedi Arslonov.

“Futbolchilar o‘yinlar davomida xatolar qilishi normal xol. Ularda ham bosim bor. Turnir jadvalida borayotgan o‘rnimizdan yanada yuqoriroq ko‘tarilishni maqsad qilganmiz. Buning uchun ochko yo‘qotmaslik kerakligini, har bir ochko zarurligini barchamiz bilamiz. Bu faktor albatta futbolchilarga ta’sir qiladi. O‘yinlar orasidagi tanaffus bizga biroz salbiy ta’sir qildi. Murabbiylar bilan buni o‘rganib, tahlil qilib chiqamiz”.

“Osiyo o‘yinlariga jalb etilgan futbolchilarimiz yetakchi va jamoada o‘z o‘rinlariga ega bo‘lgan futbolchilardir. Ularning o‘rni albatta bilinadi. O‘yin sifati va taktikaga ta’sir qiladi. Ammo, jamoada ularning o‘rnini bosa oladigan futbolchilar etarli. Shu bois, bugungi mag‘lubiyatni aynan ularning yo‘qligi bilan izohlamagan bo‘lardim”.

mib
uzcard
cola
apex
bmb