“Turon” — “Neftchi” o‘yini 9-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi

Coca-Cola Superliga 19-turidan o‘rin olgan “Turon” — “Neftchi” uchrashuvi 9-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. 10-noyabrda esa mazkur tur doirasidagi yana bir uchrashuv — “Buxoro” — “Olimpik” o‘tkaziladi. 

Liga taqvim tuzishda Qo‘qon mezbonlik qilayotgan yirik xalqaro festivalni inobatga olgan bo‘lib, “Qo‘qon-1912” futbol klubi ishtirokidagi o‘yinlar sanasini shundan kelib chiqib belgilagandi. Biroq festivalga xorijdan kutilganidan ko‘proq mehmonlar kelayotgani inobatga olinib, Farg‘ona viloyati hokimi Qo‘qonga qo‘shni bo‘lgan Yaypandagi chempionat uchrashuvi sanasini o‘zgartirish masalasida taklif bilan chiqdi. “Turon” va “Neftchi” xalqaro maydonda ishtirok etmayotganidan kelib chiqib, Liga mazkur taklifni qabul qildi. Boisi, so‘nggi yillarda Farg‘ona derbisi o‘ziga hos ahamiyat kasb etib borayotganidan kelib chiqib, biz uchun xavfsizlik masalasi birinchi o‘rinda turadi. 

Avvalroq Liga “Olimpik” futbol klubi asosini tashkil qiluvchi qator futbolchilar Osiyo o‘yinlarida ishtirok etishidan kelib chiqib, jamoaning 19-turdan o‘rin olgan “Buxoro”ga qarshi o‘yinini noyabr oyidagi FIFA kunlariga yaqinlashtirishga qaror qilgandi. Endilikda Farg‘onaning ikki klubi ham shu pallada kurash olib borishi belgilandi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb