Mirjalol Qosimov: Durang adolatli bo‘ldi

Coca-Cola Superliga 18-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – OKMK (0:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Jangovar uchrashuv bo‘ldi. Namangandagi bahslar doim shiddatli kechadi. Durang haqli natija bo‘ldi. Biz g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Lekin har doim ham maqsadga erishishning imkoni yo‘q. Ba’zan bir epizod vaziyatni o‘zgartirib yuborishi va mag‘lub bo‘lish ham mumkin. Qo‘lga kiritilgan 1 ochko Afrikada ham 1 ochko. Hech narsa yo‘qotilmagan. Ko‘k ochkolarni boy bergan bo‘lsa ham, imkoniyatlarimiz etarli”, – dedi Qosimov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb