Vesko Steshevich: O‘ylagan rejalarimiz ish berdi

Coca-Cola Superliga 18-turida o‘z uyida “So‘g‘diyona”ni mag‘lub etgan “Metallurg” klubi bosh murabbiyi Vesko Steshevich g‘alaba haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

“O‘yinni yaxshi boshlay oldik. Dastlabki daqiqalardagi hayajonni engib o‘tdik va o‘yinni qo‘lga oldik. O‘yin avvalidagi reja va taktikamiz ish berdi. Juda muhim va haqli g‘alaba. Shu bilan birga bugun bizga qattiq qarshilik ko‘rsatgan “So‘g‘diyona”ga ham rahmat. U yerda yosh va juda ambitsiyasi kuchli bo‘lgan hamkasbim ishlayapti. Uning qo‘l ostida jamoa ajoyib o‘ynamoqda va bugun ochkolari sonini ancha ko‘paytirib jadvalda yuqorilab olishdi. Unga va uning jamoasiga omad”, - dedi Steshevich.

“Ikkinchi taymda hisobdagi ustunlikni saqlab qolishni maqsad qilgan holda harakat qildik. Shunga qaramay, o‘yinda yana gol urish uchun vaziyatlar yarata oldik. Shahzod Ubaydullaev ancha imkoniyatlardan foydalana olmadi. O‘yinda ancha yaxshi harakat qildi. Afsuski gol ura olmadi. Buning uchun biroz afsusdaman. O‘yin davomidagi faolligi uchun rag‘bat bo‘lardi”.

“Bugungi o‘yindagi ajoyib harakatlari uchun shogirdlarimga rahmat. Bugungi o‘yin va shijoat tufayli himoyachilarimizni tanqid qilmagan bo‘lardim”.

“Nematjonov hozirda Jahon chempionatida orttirib olgan jarohatidan qutulmagan. Keyingi yig‘inimizda uning holatini bilib olamiz. Jamoamiz progressiv harakat qilmoqda. Jamoa navbatdagi o‘yinlarini uyda o‘ynamaydi. Ammo, muxlislarimiz bizni qaerda o‘ynasak ham, yolg‘izlatib qo‘yishmasligiga ishonaman, bizga bu juda muhim”.

mib
uzcard
cola
apex
bmb