Maksim Shatskix: Qiyin oyni o‘tkazdik

Coca-Cola Superliga 18-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” – “Paxtakor” (2:3) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Maksim Shatskix o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Biz qiyin oyni o‘tkazdik. Unda yetarlicha g‘alabalarni qo‘lga kiritdik. Ikkita tushunarsiz penalti bo‘ldi. Ularni ko‘rib chiqamiz. Ilk navbatda natija turadi. Shu sababli ishonch bilan uch ochkoga ega chiqdik deya olaman. Endi termalar o‘yinlari sababli tanaffusga chiqamiz. Biroz tin olib, navbatdagi janglarga tayyorlanamiz.

Hamrobekovni bugun markaziy himoyada ishlatishni ma’qul ko‘rdik. U o‘z vazifasini yaxshi uddaladi. Pozitsiyasi tayanchda. Markaziy himoyaga yaqin.

Legioner degani doimo o‘ynashi kerak degani emas. Barchasi sog‘lom raqobatga bog‘liq. Kim ayni damda kuchli bo‘lsa, o‘sha o‘ynaydi. U legioner bo‘ladimi yoki mahalliy, buning farqi yo‘q. 5 nafar legionerning barchasi o‘ynashi kerak degan gap yo‘q. Sog‘lom raqobatni ham hisobga oling. Mashg‘ulot jarayonlarini kuchaytirganmiz.

Cheranda o‘tgan kuni belida muammo paydo bo‘lgandi. Shu sababli tanaffusda unga buguncha etarliligini aytdim”, – dedi Shatskix.

mib
uzcard
cola
apex
bmb