Ulug‘bek Baqoyev: So‘nggi o‘rinda borayotganimiz futbolchilarga bosim qilayotgandi

Coca-Cola Superliga 18-turida mehmonda “Bunyodkor”ni mag‘lub etgan “Buxoro” klubi bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev g‘alaba, Norxonov, bosim va xotirjamlik haqida fikr bildirdi.

“Psixiologik chuqurdan chiqib ketishimiz qiyin kechayapti. So‘nggi o‘rinda borayotganimiz futbolchilarga bosim qilayapti. Bugun tartibli va intizomli o‘yin ko‘rsatdik. G‘alaba uchun ularga rahmat aytaman” - dedi Baqoev.

“O‘yinni cho‘zmadik. Shunchaki charchaganimiz uchun biroz sustroq harakat qildik. Umumiy hulosa – bugun zerikarli o‘yin ko‘rdik. Buning sabablari bor edi. Biz ham, raqib ham sust harakat qildik. O‘yin oxirida Norxonovning tajribasi qo‘l keldi. Umuman olganda, rejamiz o‘xshadi. Murabbiylar shtabi bilan kelishuvga ko‘ra tajribali futbolchilarni o‘yin yakunida maydonga tushirishni reja qilgandik”.

“Jamoadagi hozirgi sharoit va darajamiz shu. Futbolchilar hafa bo‘lishmasin. Ijrochilar va saviya borasida boshqalardek emasmiz. Mashg‘ulotlarda o‘xshaydi, ammo o‘yinda yo‘q. Bu futbolchilardagi ruhiy bosim bilan bog‘liq”.

“Avvalgi o‘yinlardan farqli ravishda bugun asabiylashmaslikka harakat qildim, ha. Ammo, baribir asabiylashmaslikning iloji yo‘q. Bugun ham e’tibor bergan bo‘lsangiz, ayrim vaziyatlarda asabiylashishga majbur bo‘ldim”.

mib
uzcard
cola
apex
bmb