Aleksandr Krestinin: “Buxoro” g‘alabani ko‘proq istadi

Coca Cola Superligasi 18-turida o‘z uyida “Buxoro”ga mag‘lub bo‘lgan “Bunyodkor” klubi ustozi Aleksandr Krestinin mag‘lubiyat, raqib istagi, Marchich va jamoa maqsadi haqida fikr bildirdi.

“Raqib bugun g‘alabani bizga qaraganda ko‘proq istadi. O‘yin natijasi haqqoniy”, - dedi Krestinin.

“Bugun o‘z imkoniyatlarimizdan past darajada harakat qildik. Vaholangki, o‘yinga bir hafta tayyorgarlik ko‘rgan edik. Raqib avtobus qo‘ydi demayman. Barcha o‘yinlarni raqib jarima maydonida o‘tkazmoqdamiz. Muammo o‘zimizda”.

“Futbolchilar jismonan yaxshi holatdalar. Buni maxsus uskunalarda tekshirayapmiz. Bugun safimizda maydonga tushayotgan futbolchilar o‘yinni hal qila oladigan futbolchilardir. Shunchaki, ruhiy holat biroz muammo. Ruhiy holat yomon emas, noto‘g‘ri deyish mumkin”.

“Hozirgacha uslub va sxemalarimizda o‘zgarish qildik. Marchichga kelsak, u doim o‘z joyida o‘ynayapti va o‘z funktsional vazifalarini bajarayapti. Qisqa muddatda jamoani o‘zgartirish mushkul. Jamoani shakllantirishga vaqt kerak”.

mib
uzcard
cola
apex
bmb