Samvel Babayan: O‘yin so‘nggida e’tiborni yo‘qotdik

Coca-Cola Superliga 17-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” – “Navbahor” (2:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Eng yaxshi o‘yinimizni o‘tkazmadik. Uchrashuvga kontsentratsiyasiz chiqdik. Bu uzoq parvoz sababmi yoki boshqa, tushunarsiz. Amalga oshirilgan o‘zgarishlar hisobiga o‘yinni o‘zgartirdik. To‘pni nazorat qilib, vaziyatlar yarata boshladik. Ikkinchi bo‘limda gol kiritdik, afsuski, uchrashuv so‘nggida e’tiborni yo‘qotdik va to‘p o‘tkazib yubordik. Ikkinchi davrada ko‘p vaziyat yaratyapmiz, gol kirita olmayapmiz. Buncha ko‘p vaziyatlarni birinchi davrada ham yaratmagan edik. Faqat realizatsiyada oqsayapmiz. “So‘g‘diyona” xarakter ko‘rsatdi. Turnir jadvalini murakkablashtirib yubordik. Tahlil qilib, xatolarni tuzatish lozim. Oldinda yana 9 ta bahs bor va ularda munosib darajada o‘ynashga intilamiz.

Biz Nukus – Doha – Jizzax yo‘nalishida o‘yinlarda ishtirok etdik. Qo‘shimcha taymlar o‘ynadik. Maydonni aybdor qilish niyatim yo‘q. Ammo, o‘tkazib yuborilgan ilk golda himoyachimiz shunchaki sirg‘alib ketdi. Afsuski, bu natijaga ta’sir o‘tkazdi”, – dedi Babayan.

mib
uzcard
cola
apex
bmb