Ivan Boshkovich: Biz ushbu bahsga 15 kun tayyorgarlik ko‘rdik

Coca-Cola Superliga 17-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” – “Navbahor” (2:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Biz uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan edik. Raqib chempionlik uchun kurashayotgan kuchli jamoa edi. 30-daqiqadan so‘ng o‘zgarishlarni amalga oshirib, namanganliklar ikkita hujumchi bilan harakat qilishdi. To‘pni ikkinchi qavatdagi kurashlarga ko‘chirli va muvozanatni tikladi. Biz pas orqali chiqib ketib, vaziyat yaratishga intildik. Sabr qildik va maqsadimizga erishdik.

Doriyev gol kiritganidan xursandman. Bu gol uning uchun muhim edi. U endi maydonda yanada ishonch bilan to‘p tepadi. Afsuski, ikkita sariq kartochka olib, maydonni tark etdi. Muhimi, natijaga erishdik. 4 kundan so‘ng yana bir uchrashuv bor. O‘sha bahsga tayyorgarlik ko‘ramiz.

Bugun stadionga ko‘plab muxlislar tashrif buyurdi. Keyingi uy uchrashuvimiz “Paxtakor”ga qarshi o‘tadi. Umid qilamanki, muxlislar yaxshi o‘yin va ijobiy natijalar guvohi bo‘lishadi.

Biz ushbu bellashuvga 15 kun tayyorgarlik ko‘rdik. Ular uzoq masofa bosib, OChLda o‘ynashdi. Bu ham ta’sir o‘tkazdi. Ammo, o‘ylashimcha, biz g‘alabaga loyiq harakat qildik”, – dedi Boshkovich.

mib
uzcard
cola
apex
bmb