Coca-Cola Superliga 17-turidan o‘rin olgan OKMK – “Neftchi” (1:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Qiziqarli uchrashuv bo‘lishi kutilgan edi. “Neftchi” jamoasi yaxshi o‘yin ko‘rsatib kelmoqda va mag‘lubiyatsiz odimlamoqda. Natija bellashuvga mos bo‘ldi, deb hisoblayman. Kurashlarga boy tarzda kechgan bahsda har ikki jamoa 3 ochko uchun intildi”, – dedi Qosimov.