Timur Kapadze: “Olimpik”da muhit a’lo darajada

Coca-Cola Superliga 18-turidan o‘rin olgan “Olimpik” – “Turon” (2:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Turon” bugungi uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgani sezildi. Ilk daqiqadanoq bizni pressing va bosimda ushlab qolishga harakat qilishdi. Lekin, bugun biz yaxshi o‘ynadik. Xatolar ham bo‘ldi. Umuman, g‘alabaga haqli edik. Bu esa asosiysi.

Jamoamizda muhit juda ham yaxshi. Ha, ancha vaqtdan buyon natija ko‘rsata olmayotgan edik. Boisi, o‘z xatolarimiz sabab to‘plar o‘tkazib yubordik. Tarkibimizda ko‘p o‘zgarishlar bo‘ldi. Moslashish jarayoni ham bor, sababi yangi jamoaga kirishib ketish kabi holatlar rol o‘ynayotgandir. Davralar oralig‘ida ko‘plab futbolchilar jamoamizni tark etdi, ularning o‘rniga yangilar keldi. Baribir vaqt kerak. Ishlar davom etmoqda. Har kuni o‘sish uchun harakat qilyapmiz. Bugun xatolar bo‘lmadi. Ko‘proq gol kiritishimiz ham mumkin edi. Ikkita gol g‘alaba uchun yetarli bo‘ldi. Asosiysi, darvozamizdan to‘p olib chiqmadik.

Ikki xil taym guvohi bo‘ldik. Birinchi bo‘limda jamoalarda kuch ko‘p bo‘lgani uchun barcha vaziyatlarga ulgurishga harakat qilishdi. Ikkinchi taymda esa goldan so‘ng “Turon” katta kuch bilan hujumga zo‘r berdi. Natijada bizda vaziyatlar ko‘p bo‘ldi.

Legionerlarimizning o‘rni boshqa. Biz ularning nimalarga qodir ekanligini yaxshi bilamiz. Norchayev bilan ham, Jiyanov  bilan ham doimiy aloqadaman. Mashg‘ulotlarda to‘liq hajmda ishlashni, kerak bo‘lsa, yakka tartibda ham shug‘ullanishini ta’kidlayapman. Menimcha, hammasi yaxshi. U yerda raqobat bor. Murabbiylari ham o‘zgardi. Ko‘plab nyuanslar bor. Iqtidorli futbolchilarimizning u yerda zaxirada o‘tirishi yaxshi emas. Bunday vaqtda ko‘p narsa agentlarga ham bog‘liq. Asosiy tarkibdan hech kimga joy kafolatlanmagan. Kurashish lozim. Hech bo‘lmasa, 10 kun vaqtimiz bo‘lganida, o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etib, ularning holatini yaxshilashga harakat qilardik”, – dedi Kapadze.

mib
uzcard
cola
apex
bmb