Yorqin Nazarov: Ikkita bir xil jamoa o‘zaro to‘qnash keldi

Coca-Cola Superliga 18-turidan o‘rin olgan “Olimpik” – “Turon” (2:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Yorqin Nazarov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Olimpik”ni g‘alaba bilan tabriklayman. Ularning ham g‘alabasiz seriyasi uzoq vaqtdan buyon davom etib kelayotgan edi. Bugun bir xil bo‘lgan ikki jamoa o‘zaro kurash olib bordi. Mezbonlar ikki-uch yildan buyon deyarli bir tarkibda to‘p tepayotgani va omad sababli g‘alaba qozonishdi. Birinchi golda ham, ikkinchisida ham e’tibori yo‘qotdik. Balki, “Olimpik” bugun bizga nisbatan g‘alabani qo‘proq xohladi.

“Buxoro” va “Nasaf”ga qarshi bahslarda ham bugungi sxemada harakat qilgan edik. Faqat ayrim futbolchilar biz istagan vazifani bajara olmayapti. Aksariyat futbolchilarimiz yosh va Superligada u qadar ko‘p o‘ynamagan. Oxirgi ikki bellashuvda asosiy tarkib borasida yanglish qarorlar qabul qilingani ko‘rinmoqda. Tanaffusdagi o‘zgarishlardan so‘ng o‘yinimiz ochilmoqda, imkoniyatlar yuzaga kelmoqda”, – dedi Nazarov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb